TRANSPORT BOSHQARMANING RASMIY MUNOSABATI


Kuni kecha FACEBOOK ijtimoiy tarmog‘ida Dildora Olimjonova va bir qancha talabalarning “TALABALARDAN 2000 SO‘M OLAMIZ, AHOLIDAN 3000 SO‘MMI?” munosabati tarqaldi.
Munosabat yuzasidan transport boshqarmasi talabalar hamda Dildora Olimjonovaga shuni ma’lum qiladiki boshqarma talabalar va aholi vakillarining haydovchilarga har hil tarifda pul to‘lash tartibini joriy etgani yo‘q.
Boshqarma keng jamoatchilikka unga nisbatan qo‘llaniladigan barcha provakatsion ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqiradi va boshqarma ko‘p tomonlama o‘rganib ish yuritish yo‘lidan bormoqda.
Shuningdek, boshqarmaga nisbatan yolg‘on ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqqa joylayotgan fuqarolarga shuni ma’lum qiladiki agar berilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri noholis va bir tomonlama o‘rganilgan tarzida ijtimoiy tarmoqqa tarqatilsa belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha ogohlantiradi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI