YO‘L KIRA NARXLARI YUZASIDAN NAZORAT TADBIRI

30.03.2021

Bugungi kunda aholining haqli e’tirozlardan biri bu yo‘nalishlarda yo‘l kira narxlarining sun’iy ravishda ortib borayotganligi shuningdek, KUN.UZ taxririyatining youtube ijtimoiy tarmog‘iga joylagan (Jamoat transportiga muhtoj Andijon. Talabalarni qiynayotgan muammoga yechim bormi?) jurnalistik surishtiruvi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan yo‘nalishlardagi yo‘l kira narxlarini asossiz ravishda oshirib olgan haydovchilarga nisbatan keskin choralar ko‘rish bilan ogohlantirmoqda.

Shuningdek, viloyatdagi talabalar murojaati bo‘yicha shaxsan boshqarma boshlig‘i targ‘ibot ishlarini olib bormoqda. Olib borilayotgan targ‘ibot ishlari davomida haydovchilar tomonidan nima sababdan yo‘l kira narxlarini oshirib olganliklari ham o‘rganildi.

Shahar hududidan chekka hududda joylashgan Andijon qishloq ho‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalariga qulaylik yaratish maqsadida SHI - 77 avtobus to‘xtash bekati OTMga qadar uzaytirildi. Ushbu yo‘nalishda SHYT - 194 (394 trafaret yo‘nalishi) yo‘nalishida qatnovchi barcha haydovchilarga yo‘l kira narxlarini 3 ming so‘mdan 2 ming so‘mga o‘zgartirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xulosa o‘rnida AQXA instituti ma’muriyati quyida keltirilgan avtobus transport vositalari uchun institut old qismida joylashgan institut talabalari hamda o‘qituvchilariga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarini uzoqroq joyda saqlab avtobuslar uchun to‘xtab turish joyi ajratib berishini maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.

Boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga asosan barcha shahar yo‘nalishlarida yo‘l kira narxlarini oshirganlik yuzasidan 10 kunlik qattiq nazorat tadbirlari o‘tkazilishi belgilab olindi.  

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI