YO’NALISHLARDA QO’SHIMCHA NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

07.04.2021

   Transport boshqarmasining “Avtomobil tashuvlarini muvofiqlashtirish sektori” inspektorlari tomonidan Andijon qishloq ho‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti  hamda Andijon davlat universiteti yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l kira narxlarini sun’iy orttirib olmasliklari uchun doimiy ravishda nazorat tadbirilari o’tkazilinib kelinmoqda.

Nazorat tadbirlarida inspektorlar tomonidan havdovchilarga belgilangan yo’l kira tarifidan ortiqcha olmasliklarini va yo’lovchilardan haydovchilarga ortiqcha narx to’lamasliklari tushuntirib o’tilmoqda.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI