Zamonaviy elektrobus harid qilish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Andijon viloyati jamoat transportini rivojlantirish va harakat tarkibini yangi zamonaviy avtobus va elektrobuslar bilan to‘ldirish shuningdek, Andijon shahridagi brutto-shartnoma tizimini to‘liq ishga tushirish maqsadida, 100 ta elektrobus xarid qilinishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, 2025-yil 18-fevral kuni Andijon viloyati hokimligi, Andijon viloyati transport boshqarmasi, “O‘zmilliybank” AJ hamda salohiyatli tadbirkorlardan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Ayni paytda delegatsiya a’zolari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, “Lanzhou Guangtong Nev Energy Automobile Co., Ltd (Xitoy) kompaniyasi tomonidan elektrobuslarni ishlab chiqarish jarayoni, yetkazib berish xizmati va boshqa mavzularda muzokaralar va shartnomalar imzolash bo‘yicha amaliy ishlarni olib bormoqda.
Andijon viloyati transport boshqarmasi AXBOROT XIZMATI.