ANDIJON SHAHAR YO‘NALISHLARIGA YANGI 20 TA ZHU YONGHU RUSUMLI AVTOBUSLAR OLIB KELINDI


Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Andijon viloyatida transport infratuzilmasini tubdan yangilash, aholiga sifatli va arzon transport xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berib o‘tgan edi.
Yurtboshimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi sifatida bugun "Alpomish Merosi" MCHJning ”ZHONGTONG BUS (HONG KONG) Company LIMITED” korxonasi bilan tuzgan 4,375 mln dollarlik shartnomasiga asosan 70 dona ZHU YONGHU rusumli avtobuslarning 20 tasi olib kelindi.
- Hozirda ushbu avtobuslarni Andijon shahar yo‘nalishlariga joylashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
- Qo‘shimcha ma’lumotlarni boshqarmaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali berib boriladi
Ma'lumot uchun: Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi chog'ida ham "Alpomish Merosi" MCHJ tomonidan 20 ta avtobuslar olib kelgan.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI