0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Andijon viloyati jamoat transporti tizimini tubdan modernizatsiya qilish, ekologik toza va zamonaviy harakatlanuvchi tarkibni mahalliylashtirish maqsadida, Xitoyning “Cambell” brendi ostidagi elektrobuslar ishlab chiqarish zavodining qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetib keldi.
Yangi elektrobus zavodi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish va transport sohasida salohiyatli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida zavod hududida ochiq muloqot o'tkazildi.
Uchrashuv doirasida tashrif buyuruvchilar va tashuvchi korxonalar rahbarlari:
- Elektrobuslarni yig‘ish mexanizmlari, ishlab chiqarish bosqichlari va zamonaviy texnologik operatsiyalar;
- Xarid jarayonlaridagi qonuniy va ma’muriy hujjatlar aylanishi tartibi;
- Elektrobuslarni kredit asosida xarid qilish mexanizmlari, foiz stavkalari hamda garov ta’minoti shartlari bilan tanishdi.
Tadbir davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, mavjud muammolar va jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan takliflari bilan yuzlandilar. Savollarga yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar — Viloyat transport boshqarmasi, Milliy bank va elektrobus zavodi mutaxassislari tomonidan batafsil tushunchalar va amaldagi qonunchilikda belgilangan shartlar, imtiyozlar yuzasidan huquqiy tavsiyalar berildi.
Hurmatli tadbirkorlar!
Elektrobus xarid qilish istagida bo‘lgan va shahar jamoat transporti kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha tashabbuskor tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etamiz.
Bu kabi loyihalar viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyatini yaxshilash hamda aholiga xavfsiz transport xizmatini ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadamdir.








