Yo‘nalishlardagi harakat xavfsizligini ta’minlash

Chop etish Sahifani ulashish
05.09.2025 14 Yangiliklar



Yo‘nalishlardagi harakat xavfsizligini ta’minlash – bu haydovchi va  yo‘lovchilar salomatligini ta’minlashdagi muhim omil sananaladi.

 Shunga asosan joylarda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha transport boshqarma hamda viloyat IIB YHXB bilan birgalikda tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Hususan bugun Andijon shahrining markaziy avtovokzal hududidagi haydovchilar bilan ochiq suhbat o‘tkazildi.


Ochiq suhbat mobaynida hozirda viloyatimiz hududiga issiq havo oqimining kirib kelishi natijasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarning avtotransport vositalarini texnik holatini doimiy ravishda nazorat qilish, transport vositalarini gaz moslamalarini belgilangan tartibda sinov muddatini o‘tkazmagan holda texnik ko‘rik stansiyalarida nazoratdan qayta o‘tkazish bo‘yicha tashuvchi hamda haydovchilarga tushuntirishlar berib o‘tildi.

 Zero ushbu amallar haydovchi va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ekanligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.

 


02.06.2021-yilgi ma'lumot