Yo‘llarda inson xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Chop etish Sahifani ulashish
05.09.2025 21 Yangiliklar

   Andijon viloyati transport boshqarmasiAndijon viloyati IIB YHXB“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Haydovchilar madaniyati, muammo va yechim” mavzusida Jalaquduq tumani Vatanparvar tashkilotida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashuvchilar hamda ularning haydovchilar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.




   Ochiq muloqot davomida bugungi kunda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil axborotlar berib o‘tildi.

   Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga yo‘llarda harakat xavfsizligiga to‘liq amal qilishlari bo‘yicha topshiriqlar berilib, ularning savol va takliflariga yechimlar berib o‘tildi.

 


04.03.2022-yilgi ma'lumot