
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyulidagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ–316-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Nazorat rejasida belgilangan vazifalar ijrosi joylarda taʼminlanib kelinmoqda.
Xususan bugun Andijon viloyati IIB YHXB hamda transport boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Diqqat, yo‘lovchi!”, “Diqqat, bolalar!” profilaktik tadbiri doirasida Qo‘rg‘ontepa tuman Qorasuv mavzeyi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktab binosida piyodalar o‘tish yo‘lakchasi chizildi.
.jpg)
Ushbu kabi ko‘rgazma materiallar o‘quvchi yoshlarni avtomobil’ yo‘llarida harakat xavfsizligiga amal qilishlari yuzasidan axborot bo‘lib xizmat qiladi.
20.12.2022-yilgi ma'lumot