
Xabaringiz bor joriy yilning 20 - sentyabr sanasida Andijon viloyatiga Andijon xalqaro aeroportida Transport vaziri Ilhom Rustamovich Andijonlik turizm sohasi vakillari bilan turizm sohasini yana-da rivojlantirish uchun transport bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni tinglab, Andijon – Samarqand – Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar tashkil etilishini maʼlum qilgan edi.
Endilikda Andijon – Samarqand – Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar haftaning dushanba va seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Dushanba kuni Andijondan 11-20 da uchgan havo kemasi 12-30 da Samarqandda bo‘ladi hamda shu kuni Samarqanddan 13-20 uchgan havo kemasi 14-25 da Andijonda bo‘ladi.
Seshanba kuni Andijondan 11-20 da uchgan havo kemasi 12-30 da Samarqandda bo‘ladi hamda shu kuni Samarqanddan 13-20 uchgan havo kemasi 14-25 da Andijonda bo‘ladi.
Maʼlumot uchun birinchi sinov parvozlari ertadan 27 – sentyabridan amalga oshirilib, chipta narxi yuksiz 210 ming so‘m, yuk bilan 250 ming so‘mni tashkil etadi.
Qo’shicha ma’lumotlar uchun tel: +998742283118
26.09.2022-yilgi ma'lumot