ANDIJON XALQARO AEROPORTIGA TASHRIF

28.04.2021

   Andijon viloyati Xalq ta’lim boshqarmasi tasarufidagi bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari uchun Andijon xalqaro aeroporti mutasaddilari Z.M.Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroportida kasbga qiziqtirish maqsadida ekskursiya tashkil etdi. 

  Ekskursiya davomida o‘quvchilar birinchi navbatda yong‘in yuz bergan paytda uni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan transport vositalari bilan tanishtirildilar.

  Shundan so‘ng o‘quvchilar havo harakatini boshqarish dispetcherlik punktida bo‘lib, parvozlar rahbarining havo kemalarini havfsiz qo‘ndirish va uchirish bo‘yicha ishlar samaradorligi tushunchalarini oldilar.

   Shuningdek, o‘quvchi yoshlar Aeroport hududining vokzal qismida yo‘lovchilarni kutib olish hamda kuzatish zallari bilan yaqindan tanishdilar.

 

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI