0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
E ‘ L O N !
2026 yil 05 mart soat 12 00
№ Yo‘nalish raqami Yo‘nalish nomi Yo‘nalish turi
1 SHYT 372 Gulobod-Jaxon bozor-Damas yo‘nalishi
2 SHYT 373 Uzumzor avtostansiyasi-Madyarchek-Damas yo‘nalishi
3 SHYT 386 Uzumzor avtostansiyasi-Tojik qishloq-Damas yo‘nalishi
4 SHYT 387 Jaxon bozor-Orol-Damas yo‘nalishi
5 SHYT 393 Uzumzor avtostansiyasi-Mirobod-Damas yo‘nalishi
6 SHYT 209 Chilonmozor-S.Patel-Damas yo‘nalishi
7 SHYT 420 Jaxon bozor-Bo‘taqora-Damas yo‘nalishi
8 SHYT 438 T Bo‘z avtostansiyasi-G‘AVS avtostansiyasi-Damas yo‘nalishi
9 SHYT 441 Jaxon bozor-Oyim-Damas yo‘nalishi
10 SHYT 442 Chinobod avtostansiyasi-Uzumzor avtostansiyasi-Damas yo‘nalishi
11 SHYT 448 Jalaquduq avtostansiyasi-Bog‘i bobur-Damas yo‘nalishi
12 SHYT 451 Xo‘jaobod-Bog‘i bobur-Damas yo‘nalishi
13 SHYT 456 Qorasuv-Bog‘i bobur-Damas yo‘nalishi
14 SHYT 460 Bobur arena-Chuvama-Damas yo‘nalishi
15 SHYT 369 Uzumzor avtostansiyasi-Ittifoq-Damas yo‘nalishi
16 SHYT 281 Paxtaobod-Mustaqillik-Damas yo‘nalishi
17 SHYT 321 Asaka avtostansiyasi-Do‘rmon-Damas yo‘nalishi
18 SHYT 228 Jalaquduq avtostansiyasi-Dostonobod-Damas yo‘nalishi
19 SHYT 402 Oltinko‘l-Xasan Xusan MFY-Damas yo‘nalishi
20 SHYT 306 Baliqchi avtostansiyasi-O‘rmonbek (Shamshiko‘l orqali)-Damas yo‘nalishi
Andijon viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda
OChIQ TENDER O‘TKAZILADI.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida (123600 so‘m) to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi
(e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Andijon viloyati transport boshqarmasi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01 (367)
