Giyohvandlik vositalari, narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari

“Haydovchilar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” bo'yicha kompleks profilaktik tadbir
Andijon viloyati transport boshqarmasi hamda Transport nazorat inspeksiyasi Andijon hududiy inspektori, IIB JXX YHXB inspektori tomonidan Andijon shahriga Asaka tumanidan, Shaxrixon tumanidan, Oltinkoʻl tumanidan kirib keluvchi haydovchilarga Narkotiklarga qarshi birga kurashamiz, farzandingizni halokatdan saqlang, giyohvandlikning tibbiy, ijtimoiy, huquqiy oqibatlari, narkojinoyat uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida belgilangan jazolar va boshqa mavzular boʻyicha tayyorlangan flayerlar, tarqatma materiallari tarqatildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida, narkotiklarga qarshi birga kurashamiz, farzandingizni halokatdan saqlang, giyohvandlikning tibbiy, ijtimoiy, huquqiy oqibatlari, narkojinoyat uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida belgilangan jazolar va boshqa mavzular boʻyicha flayerlar, tarqatma materiallari tayyorlandi hamda avtovokzalga, avtovokzalning fuqarolarga ko‘rinarli joylariga, temir yo‘l vokzaliga, Andijon shahriga tumanlardan kirib keluvchi yo‘lovchi tashuvchi transport vositalariga tarqatildi, shuningdek, yo‘lovchi tashuvchi Damas transport vositalariga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot rasmlari chizildi.
Bu mavzu boʻyicha ishlar doimiy amalga oshirib borilmoqda.