DIQQAT, YO‘LOVCHILAR!

Chop etish Sahifani ulashish
30.09.2026 6 Yangiliklar

DIQQAT, YO‘LOVCHILAR!

Andijon shahrida yo‘lovchi tashish xizmatlarini yanada samarali tashkil etish, qatnovlar uzluksizligini ta’minlash, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish hamda mavjud energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida 2026-yil 1-oktabrdan boshlab brutto-shartnoma tizimi asosida faoliyat yurituvchi ayrim elektrobus yo‘nalishlarining harakat sxemasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

ShI-4-sonli yo‘nalish “Aeroport-Charm poyabzal AS” yo‘nalishida elektrobuslar Aeroport bekatidan harakatlanib, Amir Temur ko‘chasi orqali Molochniy bekati tomon emas, balki Furqat ko‘chasi bo‘ylab harakatlanadi hamda Lomonosov ko‘chasi orqali Mashrab ko‘chasiga ulanadi.

B-17-sonli yo‘nalish “17-maktab-Navruz Mall” yo‘nalishida ham harakat sxemasiga tegishli o‘zgartirish kiritiladi.
Ushbu yo‘nalishda elektrobuslar avvalgi tartibda 17-maktabdan emas, balki Yangi aylanma yo‘l orqali “Charm poyabzal AS” bekatidan qatnovni amalga oshiradi.

Hurmatli yo‘lovchilar!
Yuqoridagi o‘zgarishlar aholiga qulay va sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish, jamoat transporti qatnovlarining uzluksizligini ta’minlash, tashuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida joriy etilmoqda.
Yo‘nalishlar harakat sxemasiga kiritilgan mazkur o‘zgarishlarni to‘g‘ri tushunishingizni hamda kundalik qatnovlaringizni rejalashtirishda yangi harakat tartibini inobatga olishingizni so‘raymiz.
Jamoat transportidan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va yo‘lovchilardan mazkur o‘zgarishlarni to‘g‘ri qabul qilishlarini so‘rab qolamiz.