HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH

23.04.2021

Bugun viloyatimizdagi noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar bilan ochiq suhbat olib borildi. Ochiq suxbatda haydovchilarni birinchi navbatda karantin qoidalariga qat’iy rioya etishi, avtotransport vositalarini xar bir reys oldidan dezinfeksiya qilish, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilarni avtotransport vositasiga chiqarmaslik hamda yo‘lovchi tashish faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

 

Avvalambor haydovchilarning ushbu faoliyatni qonuniylashtirishga to‘siq bo‘layotgan omillar hususida so‘z bordi va ularning savol, taklif hamda muammolari tinglanib tegishli tartibda javoblar berib o‘tildi.

 

Ushbu kabi tadbirlarni tashkil etilishining maqsadi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanuvchi haydovchilarni huquqbuzarlik sodir etishini oldini olish bo‘yicha boshqarma tomonidan amalga oshirilgan yana bir qadamdir.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI