KABOTAJ TASHISH QONUNGA XILOF

07.05.2021

   So‘nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

   Hususan: 2020 yil 24 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 24 avgustdagi 6044-sonli farmoniga asosan yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaхslar faoliyat uchun litsenziya qilish talabi bekor etilgan.

   Lekin, hozirda viloyatimiz hududida qo‘shni Qirg‘iziston hamda Qozog‘iston Respublikalari orqali olib kirilgan yuk va yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalarining ortib borayotganligi ularning yo‘lovchi va yuk tashishda bevosita ishtirok etayotganligidir. Ushbu amaliyot amaldagi qonunchilikka ziddir.

  Ya’niki O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 05 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi 640-sonli Qonuniga asosan: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 1252 va 2541-moddalar bilan to‘ldirildi.

«1252-modda. Boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuklarni va (yoki) yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalaridan qonunga hilof ravishda foydalanish;

Xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan, shu jumladan ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yo‘lovchilar va yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida tashish (kabotaj), agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi»;

2541-modda. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlari

   O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 1252-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

   O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobilda tashishlarni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining avtomobilda tashishlar xavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat qilish bo‘limlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari haqlidir deb bayon etilgan.

   Albatta transport boshqarmasi hodimlari tomonidan joylarda tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda, lekin afsuski kabotaj tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar soni kamayib borayotgani yo‘q.

   Transport boshqarmasi viloyatimiz aholisiga shuni ta’kidlab o‘tadiki chet el avtotransport vositalarida Respublikamiz bo‘ylab yuk va yo‘lovchi tashish qonunga hilof ekanligini va bu bo‘yicha ma’muriy jazo tayinlanishini bildirib o‘tadi.

 

Boshqarma MATBUOT XIZMATI