KO‘P YILLIK MUAMО O‘Z YECHIMINI TOPDI

Chop etish Sahifani ulashish
05.09.2025 13 Yangiliklar



  Avval xabar berganimizda Cho‘rtonliq MFYning Qushchilar ko‘chasini Qorayontoq MFY bilan bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik qurib bitkazilyotganligini ma’lum qilgan edik, Hozirda ushbu ko’prik to’liq bitkazilib foydalanishga topshirildi.



Eski ko'prikning holati

  Ko‘prikning оchilish tadbirida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, ko‘pchilikning uzog‘ini yaqin qiluvchi ushbu ko‘prik barchaga muborak bo‘lsin, deya tilak bildirdi


Yangi barpo etilgan ko'prik

    Ma’lumot uchun: Мazkur ko‘prikning uzunligi 72 metr, eni esa 7,76 metrni tashkil etadi. 80 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 2 milliard 250 million so‘mni tashkil etgan ko‘prik Andijon avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi tasarrufidagi ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan bunyod etildi.

 

29.11.2021-yilgi ma'lumot