
Bugun Andijon viloyati transport boshqarmasida transport sohasi va yo‘l xo‘jaligi tizimida “Konstitutsion islohotlar” mavzusida muhokama-munosabat tadbiri zoom platformasida tashkil etildi.

Muhokama-munosabat tadbirida O‘zbekiston temir yo‘llari AJ Qo‘qon MTU UK Andijon mintaqasi bekat rahbarlari, Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi, Andijon temir yo‘l vokzali, Andijon avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi hamda Z.M.Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartirishlar xodimlar o‘rtasida muhokama etilib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining har bir taklif va tashabbuslari kiritilayotgan https://meningkonstitutsiyam.uz/ sayti katta ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.


Shuningdek, transport sohasi va yo‘l xo‘jaligi tizimidagi xodimlarning taklif va tashabbuslari tinglanib ularni https://meningkonstitutsiyam.uz/ platformasiga joylash bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.
28.06.2022-yilgi ma'lumot