MATBUOT ANJUMANI

Chop etish Sahifani ulashish
05.09.2025 22 Yangiliklar




 Matbuot anjumanida "Andijon viloyati Transport boshqarmasi" boshlig’i O’.Mashrapov, "Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi" boshlig’i Z.Tadjibaev , "Z.M.Bobur nomli Andijon xalqaro aeroporti" direktori C.Kenjayev hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Qo‘qon MTU” UK Andijon mintaqasi rahbarlari M.Mutalipov ishtiroki etishdi.





Anjumanda 2021-yil hamda 2022-yilning 1-choragi davomida viloyat transport boshqarmasi tomonidan sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar hamda jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot berib o‘tildi.


Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha

2021-yil davomida boshqarmaga jami 631 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali 407 ta, Prezident xalq qabulxonasi orqali 38 ta hamda fuqarolarning boshqarmaga kelgan holda 29 ta og‘zaki va 44 ta yozma murojaatlari kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning barchasi ko‘rib chiqilgan.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 432 tasi hal etilgan, 169 tasiga tushuntirishlar  berib o‘tilgan 26 tasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasiga asosan ko‘rmay qoldirilgan hamda 4 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

2022-yil I-choragi davomida boshqarmaga jami 130 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali 86 ta, Prezident xalq qabulxonasi orqali 12 ta hamda fuqarolarning boshqarmaga kelgan holda 12 ta og‘zaki va 20 ta yozma murojaatlari kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarning barchasi ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 98 tasi xal etilgan, 32 tasiga tushuntirishlar  berib o‘tilgan.




Avtomobil transporti bo‘limi bo‘yicha

2021-yil davomida viloyatda jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha chel el kompaniyalari bilan 5,7 mln.dollar qiymatidagi shartnomalar imzolanib,  tadbirkorlik subyektlari tomonidan 60 ta zamonaviy rusumdagi avtobuslar hamda 3 ta mikroavtobuslar viloyatga olib kelindi.

2022-yil I-choragi davomida 6 ta zamonaviy rusumdagi avtobuslar hamda 12 ta mikroavtobuslar viloyatga olib kelindi. Qo‘shimcha ravishda 14 ta zamonaviy rusumdagi avtobuslar hamda 15 ta mikroavtobuslar olib kelish rejalashtirilgan. 

2021-yil davomida 4ta shaharda, 5ta shahar atrofida, 1ta shaharlararo viloyat ichi yo‘nalishlarida avtobus va mikroavtobuslar harakati tashkil etildi.

 Andijon shahrida:

  1. 1 – sonli “Gulshan MFY – Markaziy shahar shifoxonasi” avtobus
  2. 22 – sonli “Pistamozor – Markaziy shahar shifoxonasi” avtobus
  3. 75 – sonli “Eski shahar – Yangi bozor” Soy orqali avtobus
  4. 394 – sonli “Qishloq xo‘jaligi oliygohi – Mustaqillikning 30 yilligi” Eski shahar, Yangi bozor orqali avtobus

Shahar atrofida:

  1. 261 –  sonli “Andijon – Yorqishloq” avtobus
  2. 272 –  sonli “Buloqboshi – Kulla” avtobus
  3. 319 – sonli “Asaka AS – Marhamat” AS mikroavtobus
  4. 391 – sonli “Oltinko‘l – Eski shahar” avtobus
  5. 449 –  sonli “Oltinko‘l – Chinobod” avtobus

Shaharlararo viloyat ichi yo‘nalishlari:

  1. 547 – sonli “Andijon AV - Xonobod” mikroavtobus

2022 yil I-choragi davomida shahar atrofida 1 ta mikroavtobus harakati tashkil etildi.

  1. 448 –  sonli “Andijon AV – Jalaquduq” mikroavtobus.

Andijon viloyatida jami 20 tashundan 1 ta avtovokzal va 19 ta avtostansiyalar mavjud.

Jumladan, Andijon shahrida 5 ta, Asaka, Shahrixon va Baliqchi tumanlarida 3 tadan, Jalaquduqda 2 ta, Marhamat, Bo‘ston, Ulug‘nor tumanlari va Xonobod shahrida 1 tadan.




 Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar taqdim etish bo‘yicha

Transport boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 636-son Qarori asosida tashuvchi korxonalarga litsenziya va litsenziya varaqalari taqdim etadi.

2021-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarga 834 ta litsenziyalar va 43 mingta litsenziya varaqalari berilib, mlrd 606 mln.so‘m yig‘imlar va mlrd 676 mln.so‘m davlat boji undirilgan.

2022-yil I-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga 228 ta litsenziyalar va 10081 ta litsenziya varaqalari berilib, 383 mln.so‘m yig‘imlar va mlrd 19 mln.so‘m davlat boji undirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustdagi “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 278-I-son Qonuniga asosan hududiy transport boshqarmalari tomonidan shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqini beruvchi yagona namunadagi guvohnomalar taqdim etilishi belgilangan.

2021-yil davomida 19 nafar fuqarolarga shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqini beruvchi yagona namunadagi guvohnomalar taqdim etilgan.

2022-yil I-choragi mobaynida 10 nafar fuqarolarga shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqini beruvchi yagona namunadagi guvohnomalar taqdim etilgan.

Bugungi kunda Andijon viloyatda jami 446 ta avtotransport korxonalari (uyushma), 504 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lib, ular tarkibida 10 ming 757 ta avtotransport vositalari mavjud. Shundan, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tarkibida 10 ming 531 dona litsenziya varaqasiga ega bo‘lgan avtotransportlar mavjud bo‘lib, 253 dona avtobus, 115 dona mikroavtobus, 7556 dona yo‘nalishli (damas) taksi yo‘nalishlari 2607 dona yo‘nalishsiz taksilarni tashkil etadi.




Avtomobillarda tashuvlarni muvofiqlashtirishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2017 yil 25 apreldagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 238-son Qarorining 6-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144145146-1165176-3176-4198 moddalarida nazarda tutilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi protokollar Transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan tuziladi;

2021-yil davomida boshqarma inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari natijasida jami 5332 nafar fuqarolar litsenziya kartochkasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib sud organiga yuborilgan. Sud organi tomonidan 4564 nafariga MJtKning 271-modda 11-bandiga asosan huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etganligi sababli maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuritish istisno etilgan (maʼmuriy jarimalar qo‘llanilmagan), 768 nafar haydovchilarga MJtKning 1763 – moddasiga asosan jarimalar qo‘llanilgan.

Sudlar tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan mlrd 192 mln.so‘m jarimalar qo‘llanilgan.

2022-yil I-choragi davomida boshqarma inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari natijasida jami 1687 nafar fuqarolar litsenziya kartochkasiz  yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib sud organiga yuborilgan. Sud organi tomonidan 1279 nafariga MJtKning 271-modda 11-bandiga asosan huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etganligi sababli maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuritish istisno etilgan (maʼmuriy jarimalar qo‘llanilmagan), 408 nafar haydovchilarga MJtKning 1763 – moddasiga asosan jarimalar qo‘llanilgan. Sudlar tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan 178,73 mln.so‘m jarimalar qo‘llanilganligi bo'yicha hisobotlar keltirib o'tildi.


21.04.2022-yilgi ma'lumot