Milliy tashuvchilarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Chop etish Sahifani ulashish
05.09.2025 19 Yangiliklar



   Bugungi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishda transport sektorining o‘rni alohida ajralib turadi. Albatta milliy tashuvchilarimizni qo‘llab quvvatlash hamda chet el tashuvchilarining xalqaro meʼyorlarga hamda mamlakatimiz qonunchiligiga amal qilishliklari bo‘yicha “Do‘stlik” bojxona postida Andijon viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.



   O‘rganish ishlari davomida birinchi navbatda “Do‘stlik” bojxona postida O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yo‘lovchilar va yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida tashish (kabotaj) bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

  Shu bilan birgalikda “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida chet el haydovchilariga Respublikamizdagi yo'l harakati qoidalariga rioya qilishlari tushyntirilib o'tildi.

 


09.08.2022-yilgi ma'lumot