MUNOSABAT


Joriy yilning 15 aprel sanasida Kun.uz telegramm ijtimoiy tarmog‘ida «Avtoshohbekat bozorga aylangan» — Bo‘stondagi yoymachilar muammosi mavzusidagi video rolik bo‘yicha boshqarma quyidagilarni ma’lum qiladi:
Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida joylashgan Bo‘z avtostansiyasida haqiqatdan ham yillar mobaynida haftaning xar juma kuni avtostansiya hududida fuqarolar tomonidan bozor tashkil etilib kelingan.
Albatta yillar davomida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun kiyim kechak va dexqon bozorlari talabga javob bermay kelgan.
Xozirgi kunga kelib tumanda zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan kiyim kechak va dexqon bozorlari qurib foydalanishga topshirilgan.
Bugun Andijon viloyati transport boshqarmasining shahsan rahbari hamda bir gurux mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganishlar olib borilib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayollarni kiyim kechak bozoriga borib savdo qilishlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Avtostansiya hududi faqat avtotransport vositalari uchun ekanligi aytilib muammoga yechim yasaldi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI