RASMIY MUNOSABAT

Chop etish Sahifani ulashish
05.09.2025 16 Yangiliklar

ISHONCH gazetasida e’lon qilingan Jamoat transporti arzon, xavfsiz ammo qulay va ishonchli ham(mi?) (jurnalist Anvarjon Halimov maqolasimaqola yuzasidan transport boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

 Bugungi kunda Respublikamiz bo’yab jamoat tranporti harakatini rivojlantirish bo’ycha barcha yo’nalishlarda ishlar tashkil etilib kelinmoqda. Hususan, Andijon viloyatida jamoat transportini rivojlantirish bo’yicha 2021-2022 yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasi o’laroq 2022-2026 yillarga mo’ljallangan jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.

Viloyatda jamoat transportida yo’lovchilar tashish tadbirkorlik subektlari tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.

Tadbirkorlik subektlariga keng imkoniyatlar yaratish hamda viloyatdagi jamoat transportining rivojlantirish maqsadida Vazilar Mahkamasining 2021 – yil 8 – oktyabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-sonli qarorga asosan:

Tadbirkorlarga

Birgina shahar hududida emas balki qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog’lovchi yo’nalishlarda jamoat trasporti harakati bosqichma – bosqich tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyatida viloyat markazini tuman markazi bilan bog’lovchi barcha yo’nalishlarda jamoat transporti harakati yo’lga qo’yilgan.

2022 – yilning 2-choragi davomida 14 ta zamonaviy rusumdagi avtobuslar hamda 25 ta zamonaviy rusumdagi mikroavtobuslar olib kelinib yo’nalishlarga qo’yish rejalashtirilgan.

 Boshqarma viloyatda jamoat transportini rivojlantirish bo’yicha barcha amaliy ishlarni belgilab olgan.

Andijon viloyatida 2022 – yil davomida viloyatda jami 66 ta jamoat transporti yo’nalishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 Jamoat transportini yangilash aholiga sifatli transport xizmatini ko’rsatish bo’yicha bugungi kunda viloyatda 10 dan ortiq tadbirkorlik subektlari avtobus hamda mikroavtobuslar sotib olishi rejalashtirayotganligi sababli boshqarma tadbirkotlik subektlariga belgilangan tartibda barcha amaliy yordamlarni ko’rsatib kelmoqda.

ISHONCH gazetasida e’lon qilingan maqola darajasida viloyatda jamoat transporti qoloqlashib qolmaganligini balki yanada rivojlanib kelayotganligini ma’lum qilamiz..



28.04.2022-yilgi ma'lumot