Bugun Andijon viloyati transport boshqarmasida Ma’naviyat-ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi boshlig‘i Murodaka G‘ofurov hamda Ma’naviyat-ma’rifat markazi ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Andijon Mashinasozlik Instituti Ma’naviyat bo‘lim boshlig‘i Muxtaram Xoliqova va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Axborot siyosati bo‘yicha rais maslahatchisi Kamola Abbuvaliyevalar ishtirokida boshqarma hodimlarining ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida Murodaka G‘ofurovning hodimlarning yurish-turish muomala madaniyati ularni go‘zal bo‘lishini taqozo qilishi, inson surat va siyratini, ichki dunyosini chiroyli qilgani sayin komillik darajasiga yaqinlashaverishini ta’kidlab o‘tdi.
Muxtaram Xoliqova tomonidan buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisherning xayot va ijodini chuqur tahlil etib bobomizning yuksak ma’noli g‘azallaridan boshqarma hodimlariga ulashdi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hodimlarning yuksak ma’naviyatli komil inson bo‘lishi uchun turtki hisoblanadi.
06.02.2021-yilgi ma'lumot
