Andijon viloyatidagi Xalqaro tashuvchilar va transport, logistika korxonalari

Chop etish Sahifani ulashish
02.09.2026 16 Yangiliklar

Rossiya Federatsiyasi hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar hududlariga xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshirish tartibiga tegishli ayrim o‘zgartirishlar joriy etilganligini ma’lum qilamiz. Jumladan, 2026-yil 31-iyuldan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida tashuvlarni kuzatish uchun navigatsiya plombalarini qo‘llash to‘g‘risidagi 2022-yil 19-apreldagi Bitimni amaliy tatbiq etishning ikkinchi bosqichi boshlangan.

Mazkur tartibga muvofiq, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi tomonidan belgilanadigan istisnolarni hisobga olgan holda, bojxona tranziti tartib-taomili asosida avtomobil transportida tashilayotgan barcha toifadagi tovarlarni navigatsiya plombalari orqali kuzatish nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan, xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiruvchi milliy tashuvchilar, transport va logistika korxonalari tomonidan mazkur yangi talablarning mazmun-mohiyatini atroflicha o‘rganib chiqish, haydovchilar va mas’ul xodimlarni belgilangan tartiblar bilan o‘z vaqtida tanishtirish, xalqaro tashuvlarni amalga oshirish jarayonida belgilangan talablarga qat’iy rioya etish hamda mazkur talablarning bajarilmasligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tashuvlarni tashkil etishda amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib-talablarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz.