NAZORAT TADBIRLARI

04.03.2021

Transport boshqarmasi hodimlari Vazirlar Mahkamasining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 238-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimiz aholisining chekka hududlarida nazorat tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.

Albatta nazorat tadbirlari Vazirlar Mahkamasining 434-sonli qarori asosida, Viloyat IIB YHXB ispektorlari bilan birgalikda tashkillashtirilmoqda.

Hususan, bugun Jalaquduq tumanining Urg‘u, Qiziloyoq va Do‘ngqishloq yo‘nalishida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

 

Transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI