
"Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun (O‘RQ–734-son, 30.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi
Haydovchilar quloqchin orqali telefondan foydalanishi mumkin
- Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.
- Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km chegirib tashlab jazo qo‘llaniladi.
- Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo‘lganida transportni boshqarish, ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sug‘urtani yonida olib yurishi talab etilmaydi (mazkur tartib 2022 yil 1 martdan kuchga kiradi).
- Shuningdek, transport salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.
- Valyutalarni noqonuniy olganlik uchun jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha etib belgilandi (ilgari qat’iy BHMning 20 baravari edi).
- Avtomobilda yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashiganlik uchun fuqarolarga – BXMning 7 baravari miqdorida, mansabdor shahslarga esa - BHMning 30 baravari etib belgilandi (ilgari BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha edi).
Ushbu Qonun rasman e’lon qilingandan kundan kuchga kiradi.
01.12.2021-yilgi ma'lumot