RASMIY MUNOSABAT


Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Dildora Olimjonova va bir gurux talabalar murojaati e’lon qilindi. Boshqarma ushbu murojaatlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:
Talabalar murojaati asosida yo‘nalishda (Eski shahar – Yangi bozor (Universitet orqali)) avtobus transport vositasi tadbirkorlik subyekti tomonidan qatnovni amalga oshirshishni boshlagan. Lekin yo‘nalish tadbirkorlik subyektini qoplamaganligi sababli yo‘nalishdan olib chiqib ketgan. Talabalarga shuni bildirib o‘tardikki: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 iyundagi “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 245-sonli Qaroriga asosan davlat tasarrufidagi avtokorxonalar mustaqil xo‘jalik yurituvchi (xususiy) subyektlar sifatida faoliyat ko‘rsatishni boshlagan. Shunga asosan hozirda Andijon viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat korxonasi mavjud emas. Viloyatdagi barcha avtobus hamda mikroavtobuslar tadbirkorlik subyektlariga tegishli. Boshqarma tadbirkorlik subyektlarining yuqori turuvchi o‘rgani emas.
Shuningdek, universitet va institutlarda byudjetdan tashqari mablag‘larni tegishli tartibda ishlatish, moddiy texnik bazani yangilash maqsadida realizatsiya qilish huquqi berilgan. Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida universitet va institutlarni buyudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar hisobidan avtobus hamda mikroavtobuslar sotib olishi mumkin.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI