0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Navbatdagi sayyor qabul.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tizimli yo‘lga qo‘yishga oid farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 26-iyun kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qo‘rg‘ontepa tumani Xalq qabulxonasi binosida bo‘lib o‘tgan ushbu qabulda Andijon viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i hamda Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi ishtirok etib, hududdagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tingladilar.
Qabulda tumandagi transport infratuzilmasini yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari diqqat markazida bo‘ldi.
Barcha murojaatlar ularning qonuniy va ijobiy yechimi yuzasidan sohaga aloqador mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi.




