SAYYOR SUD

Chop etish Sahifani ulashish
05.09.2025 191 Yangiliklar

SAYYOR SUD
........................

Andijon viloyati transport boshqarmasida Jinoyat ishlari bo'yicha Andijon shahar sudining tergov sudyalari T.To'raqulov hamda Sh.Mirzakarimov tomonidan "Sayyor sud" o'tkazildi.

Sud jarayonida Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Andijon viloyati hududiy bo'limi inspektorlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javoglbgarlik to'g'risidagi Kodeksning 176³-moddasi bilan rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnomalar ko'rib chiqilib, tegishli tartibdi qarorlar qabul qilindi.

Sayyor sud majlisida jami 42ta ma'muriy ishlar ko'rib chiqilib, ma'muriy huquqbuzarlik sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazo qo'llash bilan bir qatorda ma'muriy huquqbuzarlik sodir qilishning huquqiy oqibatlari to'g'risida tushuncha berib o'tildi.
✅ Bugungi kunda sudlar tomonidan ishlarni ko'rishning ochiqligi, shaffofligini ta'minlash, qabul qilinayotgan qarorlarining qonuniy va adolatli bo'lishiga erishish hamda mazkur ishlarni amalga oshirishda keng aholi vakillarini jalb etish orqali, odil sudlovga bo'lgan ishonchni mustahkamlash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

 

 

10.01.2025-yilgi ma'lumot