
«Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, quyidagi shaxslar shahar yo‘lovchilar transportidan
(taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega:
- 1941–1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
- 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
- 1941–1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
- Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
- haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
- Chyernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
- ko‘zi ojiz nogironlar (faqat I gurux) va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-sentabrdagi "shahar yo'lovchilar transportida ayrim toifadagi
fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy
reglamentini tasdiqlash toig'risida" 507-son qaroriga asosan ayrim toifadagi fuqarolarsa bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli
transport kartalarini berish davlat xizmatlari markazi tomonidan elektron ariza yuborish orqali amalga oshirilishini ma'lum qiladi.
28.11.2023-yilgi ma'lumot