TADBIRKORLARGA YARATILGAN YANGI IMKONIYAT MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT

18.05.2021

   Bugun Andijon viloyati Adliya boshqarmasi hamda Transport boshqarmasi mutahassislari viloyat teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinnig 2021 yil 7 maydagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5108-sonli qarorining ma’zmun mohiyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

   Ushbu muloqot jarayonida Prezident qarorining mazmun - mohiyati to‘liq tushuntirib o‘tilgan. Ochiq suhbat jarayonida yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarga yaratilayotgan qulayliklar hamda yakka tartibda tashuvchilik xizmati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan haydovchilar uchun barcha kerakli ma’lumotlar aytib o‘tildi.

 

Boshqarma MATBUOT XIZMATI