TALABALAR MUROJAATI YUZASIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

30.03.2021

 Andijon Davlat Universitetga qatnovchi YT-75 yo‘nalishi ikki qismdan iborat bo‘lib biri Eski shahar – Universitet (Soy orqali) va Universitet – Yangi bozor yo‘nalishlaridir. Yo‘nalishga avtobus transport vositalari qo‘yilgan lekin tadbirkorlik sub’yektini qoplamaganligi uchun yo‘nalishdan avtobus transport vositalari olib chiqib ketilgan.

Boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga asosan yo‘nalishda harakatlanuvchi avtotransport vositalari haydovchilari bilan o‘rganishlar (Yangi bozor, Universitet hamda Eski shahar avtomobillar to‘xtab turish joylarida) olib borildi.

O‘rganishlar natijasida haydovchi hamda boshqarma hodimlari bilan yo‘nalishda harakatlanuvchi avtotransport vositalari yo‘l kira narxlarini 3 ming so‘m miqdoridan 2 ming so‘m miqdoriga tushurish ishlari amalga oshirilmoqda. Birgina ADUga qatnovchi xarakatlanuvchi tarkib emas balki Andijon Mashinasozlik institutiga yo‘nalishida (YT-22 хalq tilida 222) ham yo‘l kira nazoratlari olib borildi.

Hususan, yo‘nalishlarda shahsan boshqarma boshlig‘i Andijon shahrining Yangi bozor, Eski shahar yo‘nalishlarida haydovchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq suxbatlar olib bormoqda.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI