
Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktyabridagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-son Qaroriga asosan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishida ko‘riladigan zarar miqdori mahalliy byudjet parametrlariga asosan subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berish belgilab o‘tilgan.
Shunga asosan Andijon viloyatida yanvar – avgust oylari uchun “Buyuk qurilish elit” MCHJga 1 366,1 mln.so‘m hamda “Alpomish merosi” MCHJga 489.9 mln.so‘m (norentabel) avtobus yo‘nalishlaridan ko‘rilgan zarar miqdori mahalliy byudjet parametrlariga asosan subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berildi.
Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentyabridagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 273-son Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasida cheklangan tariflar bo‘yicha aholiga xizmatlar ko‘rsatish munosabati bilan shaharda yo‘lovchilarni muntazam tashish bilan band bo‘lgan tashuvchilar ko‘radigan zararlar moliyalashtirish nazarda tutilgan.
Ushbu qaror talablari asosida “Alpomish merosi” MCHJga joriy yilning yanvar – avgust oylarida shahar jamoat transportidan ko‘rilgan 2,7 mlrd. so‘m miqdoridagi zarari qoplab berildi.
Andijon viloyatida aholiga sifatli transport xizmatini bir meʼyorda ushlab turish hamda shahar jamoat transportini tubdan yangilash bo‘yicha Andijon viloyati transport boshqarmasi tomonidan barcha ishlar amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.
12.09.2022-yilgi ma'lumot