0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Andijon viloyati
Uzoq muddatli shartnoma asosida tenderlar
Tender bo'lib o'tish sanasi: 2026-yil 16-oktabr, soat 12:00
Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 386 — Uzumzor avtostantsiyasi-Tojik qishloq (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 364 — Paytug'-Yangi qishloq (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 293 — Kuyganyor-Jonobod (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 335 — Buloqboshi-Neftprom (Do'lan-Kulla orqali) (Ikkala tomondan) (M2)
DIQQAT TENDER
Shahar atrofi yo'nalishi bo'yicha ishlash huquqini olish uchun tender o'tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, shahar atrofi yo'nalishi bo'yicha navbatdagi ochiq tender 2026-yil 16-oktabr kuni soat 12:00 da bo'lib o'tadi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 15-oktabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tenderga joylashtirilgan yo'nalishlar haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lish, tizimdan foydalanish bo'yicha qo'llanmalarni yuklab olish e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Tender takliflarini yuborish uchun to'lovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali oʻtkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyaga ega boʻlgan hamda elektron axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida NIZOM”ga muvofiq:
-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning oʻzida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yoʻnalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada koʻrsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e'lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida (132000 soʻm) toʻlovni Oʻzbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor boʻlimi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) oʻtkazib, oʻz tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender boʻyicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderni tashkillashtirish boʻyicha vakolatli organ: Andijon viloyati transport boshqarmasi.
Ma'lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01 (367)
