Tender - vaqtinchalik biriktirish bo'yicha

Chop etish Sahifani ulashish
04.03.2026 15 Yangiliklar

E ‘ L O N !


2026 yil 06 mart                              soat 14 00

Tender takliflarini yuborishning oxirgi sanasi 2026-yil 5-mart soat 14 00


1 ShYT-202 Shahrixon avtostansiyasi-Birlashgan MFY (Shahar atrofi damas yo‘nalishi)

Andijon viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni vaqtinchalik shartnoma asosida biriktirish bo‘yicha elektron tarzda

OChIQ TENDER O‘TKAZILADI.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
“Shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
- Yoʻnalishni vaqtincha biriktirish boʻyicha eʼlon axborot tizimiga avtomatik ravishda hamda Transport vazirligining rasmiy veb-sayti va rasmiy axborot kanallarida joylashtiriladi.
- Yoʻnalishni vaqtincha biriktirish haqidagi arizalar eʼlon berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida qabul qilinadi.
- Ariza berish muddati tugagandan soʻng axborot tizimida vaqtincha biriktirish uchun taklif etilgan avtotransport vositasi ishlab chiqarilgan yili elektron hamkorlik yoʻli bilan tegishli vazirlik va idoralardan elektron soʻrov orqali aniqlanadi va axborot tizimida avtomatik baholanadi.
Agar yoʻnalishni vaqtincha biriktirishda bir nechta tashuvchining takliflari (avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili) teng boʻlsa, axborot tizimida birinchi murojaat etgan tashuvchiga biriktiriladi.
-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

 Talabgor vaqtinchalik shartnoma asosida tender takliflarini taqdim etishi uchun  TO’LOV TALAB QILINMAYDI.
-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Andijon viloyati transport boshqarmasi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01 (367)