Transport boshqarmasi boshlig‘ining Uzumzor avtostansiyasida haydovchilar bilan ochiq muloqoti


Yoshlarga oid davlat siyosatini tizimli amalga oshirish, ularning muammolari bilan yaqindan tanishib, taklif va tashabbuslarini qo‘llab – quvvatlash maqsadida Transport boshqarmasi boshlig‘i O‘.Mashrapov Andijon shahrida joylashgan Uzumzor avtostansiyasida haydovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida birinchi navbatda Prezidentimizning yoshlarga oid davlat siyosati va bu bo‘yicha boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, hozirda viloyatimiz hududiga issiq havo oqimining kirib kelishi natijasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga:
- avtotransport vositalarini texnik holatini doimiy ravishda nazorat qilish;
- transport vositalarini gaz moslamalarini belgilangan tartibda sinov muddati davomida texnik ko‘rik stansiyalarida nazoratdan o’tkazish bo’yicha tushunchalar berildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI