Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov boshchiligidagi ishchi guruhi Andijon viloyatida bo‘ldi

Chop etish Sahifani ulashish
04.09.2025 18 Yangiliklar

 Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov boshchiligidagi ishchi guruhi Andijon viloyati Asaka tumanining “Navro‘z” MFY, Xo‘jaobod tumanining Do‘stlik chegara postida joylashgan logistika markazi, Andijon shahrida joylashgan “Buyuk qurilish elit” MChJ va Bo‘ston tumanidagi Bo‘z avtostansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Asaka tumanining “Navro‘z” MFYda aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, hudud ahlini qiynab kelayotgan transport qatnovi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Viloyat transport boshqarmasi mas’ullariga tashuv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni jalb etgan holda transport qatnovini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, viloyat transport boshqarmasida tashuv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan Andijon viloyatida jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

04.02.2021-yilgi ma'lumot