0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-sentabrdan yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart etib belgilandi.
Yo‘lkira haqini transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish hamda bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali amalga oshirish mumkin.
Hurmatli yo‘lovchilar yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash bu nafaqat majburiyat, balki ijtimoiy mas’uliyatdir!
Muhim ma’lumot: Endilikda Andijon shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari bevosita avtobus, elektrobus salonlarida ham nazorat tadbirlarini olib borishmoqda.
2026-yilning 1–15-sentabr kunlari davomida davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan jamoat transportida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida yo‘l haqini to‘lamagan 673 ta yo‘lovchilarga nisbatan ma‘muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.













