YOSHLAR BILAN MULOQOT

25.02.2021

 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yilida yoshlarga oid davlat siyosatini yuritish, shuningdek, Prezidentimizning O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrifida vazirlik va idora rahbarlari yoshlar bilan ochiq muloqotlarni o‘tkazish vazifasi yuklatilgan edi.

Shunga asosan, yoshlarga barcha yo‘nalishlarda ko‘mak berish, har tomonlama qo‘llab - quvvatlash maqsadida, Andijon viloyat transport boshqarmasi  Avtomobil transporti, Temir yo‘l transporti hamda Havo transporti bo‘lim boshliqlari Andijon transport kolleji o‘quvchilari bilan ochiq davra suhbatini o‘tkazdi.

Davra suhbati davomida kollej o‘quvchilarining sohada erishayotgan yutuqlari hamda ularning kamchiliklari,  bilim va ko‘nikmalar olishi uchun to‘siq bo‘luvchi omillar o‘rganildi.

 

Transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI