YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

28.05.2021

   Mamlakatimizda 2021 yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da yoshlar bilan ishlashda turli xil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

   Shunga asosan bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning muammolari bilan yaqindan tanishib, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab – quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati “Qo’qon MTU” raxbari Millajanov Baxtiyor Parpiyevich Buloqboshi tumani yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

   Ochiq muloqot davomida Respublikamizda transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va buning zamirida yoshlarning ishtiroki muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

   Shuningdek, muloqot davomida yoshlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tuman mutasaddilariga topshiriqlar berildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI