YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI BAJARISH

Bugun “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Qo’qon MTU Andijon temir yo’l masofasida Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, DXX, Transport boshqarmasi hamda temir yo’l masofasi hodimlari ishtirokida ochiq davra suhbati o‘tkazildi.
Ochiq davra suhbatida Prezidentimizning yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarni qo‘llab quvvatlash hamda temir yo’l masofasi korxonasida favqulotda holatlarni olidini olish, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlarga kirib qolmasliklarini olidini olish ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili munosabati bilan temir yo’l masofasida faoliyat yurutuvchi yoshlar va hodimlarning muammo va takliflari o‘rganilib tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berib o’tildi.
Shu bilan birga, har bir ishchi hodimga ish faoliyati jarayonida ishonib topshirilgan vazifalarini belgilangan tartibda bajarish, texnika jihozlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar aytib o’tildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI